среда, 12 июня 2013 г.


Umr daftarimning saxifalari ko’paygani sari, odamlardan ko’nglim qolishni boshlayapti. Yo’q, hayotdan demayman. Aslida, hayot haqiqatdan ham go’zal. Uning go’zalligiga putur yetkazadiganlar bular odamlardir.
Yo’q, men nega odamlarni ayblayabman?! O’zimchi?! O’zim kimman?!... Bilmadim. Hullas, hech narsaga tushunmayabman. Tushuna olmayabman!!

Universtitet bitiruvchilarining ayni diplom himoyasi kunlari hozir. Har kuni ularning suv sepish “marosimlari”ni ko’rib, entikib ketyabman. To’rt yil olgan bilimlarining sarxisobini chiqaradigan, o’zini ko’rsatadigan kun bo’lsa kerak, a, bu kun?! Lekin, bitiruvchi do’stlarimning gaplaridan keyin, chuchvarani hom sanab yurganim ayon bo’ldi. Diplom ishini o’zim yozishni hayolimga ham keltirmasam bo’laverar ekan. Hech bo’lmasam, qattiq tayyorlanib, yaxshi baxo uchun harakat qilishimning ehtiyoji yo’q. Yahshisi, hozirdan mulla jiringni yig’ishni boshlayverganim ma’qulmish. (Ha, ko’kidan! $$) Agar hammasiga qarshi chiqsamchi?! Pulim yo’q deb qo’ya qolsamchi?! Unday holatda, psixologik bosim ostida qolib, oxiri o’z hohishim bilan pul taklif qiladigan ahvolga solisharmish. Haaaa, mana sizga hayot! Daxshat a?! Qaysi miyya bilan birovning ichi og’rinib bergan, norozi qilib olingan pulni O’Z FARZANDIGA YEDIRADI?!! Bu ishni qilish uchun aql saloxiyati qay darajada bo’lishi kerak?!!! Naxotki, mendek oddiy bir hali deyarli hech narsaga aqli yetmaydigan odam tushungan narsa, KAP-KATTA, OLIY MA’LUMOTLI, UNVONLI USTOZLARning fikrlash doirasiga sig’masa?!! Odamlarga pul kerak, yashash og’ir, tirikchilik deysizmi?!! Yo’o’o’q, men bunday narsalarga tushuna olmayman. Tushunishni isatamayman!! Insoniyatning hayvondan farqi qolmas ekanda unda, a?!! Yirtqichlarga o’ljaning farqi yo’q, qorni to’ysa bo’ldiku?! Nima qiladi unda odamzot yashab?! Nima foyda?!

Senga Ollohning nazari tushib, ODAM qilib yaratibdi. Seni o’laksaxo’rlarga yem bo’lmasin, o’lib ketsang jasadingni bu hayvonku deb tepib o’tib ketishmasin deb marhamat ko’rsatibdiyu, sen bo’lsang, sunnat tugul insoniylik burjlaringnida amalga oshirishga o’zingda kuch topa olmasang. Yeyish uchun yashayabsanmi?!! Unda tabriklayman, insoniyatning hayvoni!....

Комментариев нет:

Отправить комментарий