Mana, yana kompyuter qarshisiga o'tirdimu, yozmoqchi bo'lgan
gaplarimni unutib qo'ydim. Ehtimol, hayolimdagi gaplarning tizginini yo'qotib
qo'ygandurman. Yoki, shunday deb faqat aldayotgandurman o'zimni. Aslida, bor
fikrimni to'liq tarzda yozuvga tushirishga yetarli qobiliyatim yo'qdir, hali
ham. Yoki bo'lmasam, yozmoqchi bo'lgan gaplarim arzimas yozuv bo'lishga.
Bilmadim. Hammasi chalkash. Chuvalashib ketdi o'ylarim...
Nima bo'lsa
ham, men yana qaytdim yozishga. Eski saxifamni o'chirganimda, "Nega
shunaqasiz?! Ichingiz achimaydimi shuncha yozganlaringizga?!!.." deb
tanbex berishdi. O'sha paytda javob berganimdek, "Hatto, Gogol' ham o'z
shox asarining 2-qismini yoqib yuborgan. Frans Kafka ham o'limidan avval hamma
yozgan asarlarini yo'q qilib yuborishlarini vasiyat qilgan ekan. Men nimani
yozib qo'yibman, ichim achishsa?!!...". Men shunaqaman, o'zidan o'zi bir
nimalar yoqmay qoladi. Va men shunchaki ko'nglim tusagan ishni qilishga majbur
bo'laman. Bekorga BAHOR so'zi ismimga qo'shaloq bo'lib qolmagan. Kayfiyatim
bahor havosidanda
o'zgaruvchan. Mana, baribir qaytdim. O'sha paytda yo'q bo'lishini
hohlagandim yozganlarimni. Endi bo'lsa, yana yozgim kelyapti. Shu holos.
Hammasi oddiy.
11.02
"Hatto, Gogol' ham o'z shox asarining 2-qismini yoqib yuborgan. Frans Kafka ham o'limidan avval hamma yozgan asarlarini yo'q qilib yuborishlarini vasiyat qilgan ekan.
ОтветитьУдалить* * * * *
Shuni siz to'g'ri deb o'ylaysizmi ?