понедельник, 25 марта 2013 г.

Hammamiz g'alati

Dugonamdan o'qish uchun olib turgan kitobimga ko'zim tushib qoldi hozir. Men uchun eng sevimlilardan bo'lib qolgan Remark. Uni o'qib chiqqan paytimda asarning ichiga shunchalik sho'ng'ib ketganimdanmi, hozir payqagan narsamga u paytda ahamiyat bermagan ekanman. Shaxsan men kitobga chizishlarini yomon ko'raman. Lekin, asarning ichidagi menga ta'sir qilgan jumlalarini qora qalam bilan tagiga chizib qo'yadigan odatim bor. Bunga o'xshash odat boshqalarda ham bo'lsa kerak. Menga kitobini berib turgan dugonamda ham, albatta.
Dugonam ajratib qo'ygan qatorlarni o'qib chiqdim. Lekin, ishonasizmi, nega aynan bu yozuvlarni ajratganiga unchalik tushunmadim. O'zim oddiygina qilib qora qalamda ajratgan gaplarni o'qib, hech qandy o'xshashlik ham topa olmadim, bungcha o'qiganlarim bilan. Ichki hudbinlikdanmi, "Eee, nima ma'no bor bunda?! Men ko'rsatgan gap eng ma'nolisiku!.." deb yuborishiga ham sal qoldi ichimdagi ovoz.
Aslida, hammamiz har-hilmiz. Qarang, hatto dugonam qatorlarni ajratish uchun ishlatadigan mo'yqalami ham boshqacha menikidan. Mening bechoragina oddiy qora qalamimni ko'rib u ham kulsa kerak, hoynahoy. Ammo, bu bilan hech narsa o'zgarmasligi anniq. Bu dunyoda insonlar milliondir. Fikrlar ham son-sanoqsiz. Menga "G'alatisan!" deyishgani bilan, buni tan olishim amro maxol. Yoki, Sizga "Umuman noto'g'ri fikrlayabsan!" deb qo'yishsinchi, o'sha odamni peshonasidan darcha ochib qo'yishga ham tayyor turasiz.

Nima bo'lgan taqdirda ham, o'zimizdan qolmaylik. Birovning haqiqatini o'zingiznikiga almashtirishga ham urunmang!

1 комментарий:

  1. Этот комментарий был удален администратором блога.

    ОтветитьУдалить