Hayotning yechilmagan jumboqlari ko’p. Bu
boshqotirmaning asosida inson qiyofasi gavdalanadi. Olimlar fanga noma’lum
bo’lgan har qanday jumboqlardan cho’chishadi. Huddi shunday, inson zoti ham
fanga noma’lum bo’lgan mavjudot. Nega adabiyot hech qachon o’z mavqeyini
yo’qotmaydi?! Insoniyat juda katta adabiy merosga ega, yozilmagan gap
qolmaganday go’yo. Ammo, nega yozuvchilar ijod qilishdan to’xtashmaydi?!
Deyarli har bir yozilgan asarning zamirida inson turadi.
Oxirgi vaqtlarda g’alati voqealar guvoxi bo’lyabman.
Bittasi pulning orqasidan boshqasini ko’nglini og’ritishga o’gritib, ketidan
yana “Hudodan qo’rqing!...” deb do’q ham uradi. Ho’sh, sen Tangrini esga
olyabsanmi, unda, muqaddas kitobimizdagi birodarlik, birovning dilini
og’ritmaslikka buyurilgan da’vatlar bilan notanishmiding?! Hecham aqlim
yetmaydi, andishani unutish shunchalik ham osonmi?! “Pulsiz hayot yo’q” deymiz,
ho’p. Baxtli bo’lish uchun davlat shart emas degan fikrimga ham ko’p tanqidlar eshitaman.
Mayli, hammaning o’z fikri bor. Lekin, insonlar, hayotimizdagi absurdlik boshqalarning
ham manfaatini o’ylab, atrofidagi insonlarning ko’nglini olib faqat o’zi uchun
yashamaslikda emas, absurd aynan siz ruju qo’ygan davlatda! “Bu dunyoga bir
marta kelamiz. O’zim uchun yashashim kerak!” degan gapingiz absurd!
Kim haqidadur fikr bildirishdan cho’chimaydi inson.
O’z aybini ko’rmaydiyu, lekin boshqaning gunoxini bittada topadi! Judayam ko’p
o’qiydi, olim inson. Ammo, u hali ham odam emas! Vaqti kelsa, Tangri taolo
boshqa mavjudotlardan farqlansin uchun bergan Vijdon atalmish xazinani chuqur
ko’mib tashlaydi shuuriga. (Birov topib ololmasin dermikin?!) Odamlar g’alati,
judayam g’alati. Balki, o’zim ham huddi shundayman. Insofdan qo’ymasin!
Комментариев нет:
Отправить комментарий